Germaniya Demokratik Respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
GDR bayrogʻi
GDR bayrog'i
Asosiy maʼlumotlar
Rasmiy til nemis (de)
Poytaxti|Poytaxti Sharqiy Berlin
Hududi 108 178 km?
Aholisi 20.23 million (2024)
Aholi zichligi 155 kishi./km?
Pul birligi GDR markasi
Davlat madhiyasi Возрождённая из руин
Milliy bayrami 7-oktabr
Tel. prefikslar +37 (ishlamaydi)
Internet-domeyn .dd (foydalanilmagan)

GDR dunyo xaritasida
Lage der DDR

Germaniya Demokratik Respublikasi (GDR) — 7-oktabr 1949-yilda Germaniyaning sovet qoʻshinlari tomonidan okkupatsiya qilingan hududlarida va Berlinning sharqiy (sovet) qismida tuzilgan sotsialistik davlat. Respublika 1990-yilning 2-dekabriga qadar mavud boʻlgan. Germaniya demokratik respublikasi (Deutsche Demokratische Republik), GDR —Markaziy Yevropadagi davlat (1990-yil 3-oktabrgacha mavjud boʻlgan). GDR Sharqiy Germaniya hududida 1949-yil 7-oktabrda tashkil etildi. Poytaxti Berlin shahri edi. Germaniya Birlashgan sotsialistik partiyasi (GBSP, 1946-yilda tuzilgan) ikki raisidan biri V. Pik (ikkinchi raisi O. Groteval edi) bu davlatning prezidenti boʻldi. GDR sobiq SSSR boshchiligidagi Varshava shartnomasining faol aʼzolaridan boʻlgan. Tashqi siyosatda sobiq Sovet Ittifoqi izidan bordi. Ichki siyosatda xususiy mulkchilikni tugatib, sotsializm qurish niyatini eʼlon qildi. Avvaliga koʻpgina nemislar fashizmga qarshi boʻlgan oʻz davlatini barpo etishda bajonidil katnashdi. Biroq, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, maxfiy politsiya va GBSPning tanho hukmronligi asta-sekin aholining bu davlatdan hafsalasini pir qila boshladi. Sotsialistik rejali xoʻjalik sobiq GDRdagi kishilarni shaxsiy tashabbus va mustaqillikdan batamom mahrum etdi, iktisodiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi boʻlmish oʻrta qatlam tugatib yuborildi, omilkorlik va mehnat faolligi falaj qilib qoʻyildi. Iqtisodiyotdagi mehnat unumdorligi gʻarb andozalariga nisbatan past edi. 1979-yilda bu koʻrsatkich gʻarb darajasining 46% ni va 1989-yilda 3040% ni tashkil etdi. Turmush darajasi, uy-joy taʼminoti past edi. Mana shularning hammasi GDR aholisining noroziligiga sabab boʻldi. Fuqarolarning GFRga qochib oʻtish hodisalari ommaviy tus oldi. Aholining ijtimoiy sohada koʻproq erkinlik berish va, nihoyat, gʻarbiy qardoshlar bilan birlashish haqidagi talablari kuchayib bordi. 1989-yil kuzida GDRda oʻtkir ijtimoiysiyosiy tanglik vujudga keldi. Berlinni va, umuman, nemis millatini ikkiga boʻlib turgan Berlin devori qulatildi (qarang Berlin va Berlin devorining qulatilishi). Natijada GBSP rahbariyati isteʼfoga chiqdi (1990-yil fevralda GBSP Demokratax sotsializm partiyasiga aylantirildi). Yangi hukumat Germaniya ni birlashtirish masalalari yuzasidan GFR hukumati bilan muzokara boshladi. 1990-yil may va avgust oylarida imzolangan ikkita davlat shartnomasida GDRni GFRga qoʻshish shartlari bayon etildi. Oʻsha yil 12 sentabrda Moskvada sobiq SSSR, AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya va ikkala Germaniya vakillari tomonidan Germaniya birligi masalasini uzil-kesil hal etish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi. Unda Germaniyani birlashtirishga oid masalalarning butun majmui hal etib berildi. GDR, OFR hokimiyat organi — Xalq palatasining qaroriga binoan 1990-yil 3-oktabrda GDR GFRga qoʻshildi va natijada yagona Germaniya davlati tashkil topdi.[1][2][3][4]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. http://www.ddr-im-www.de/
  3. http://ddr-geschichte.de/
  4. „arxiv nusxasi“. 2006-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 6-sentyabr.



Oʻzaro Iqtisodiy Yordam Kengashi Fayl:OIYK.png
Albaniya (1949-1964) | Bolgariya | Vengriya | Vetnam (1978 yildan) | GDR (1970-1990) | Kuba (1970 yildan) | Moʻgʻuliston (1960 yildan) | | Polsha | Ruminiya | SSSR | Chexoslovakiya |
Assatsiyalashgan aʼzo: | Yugoslaviya (1964 yildan) |
Kuzatuvchi mamlakatlar: | Angola | Afgʻoniston | Yaman Xalq Demokratik Respublikasi | Laos | Mozambik | Efiopiya |