Vikipediya:Qisqartma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qisqartma yoki qisqa yoʻl bu administrativ sahifa yoki uning biror boʻlimiga Vikipediya nomfazosi yoki Yordam nomfazosidan qisqartirilgan vikihavolani taʼminlovchi yoʻnaltiruvchi sahifaning maxsus turidir. Qisqartmalar koʻpincha jamoa va munozara sahifalarida foydalaniladi, ammo ulardan maqolalarda foydalanmaslik kerak. Agar sahifa yoki boʻlim uchun bir va undan oshiq qisqartmalar mavjud boʻlsa, ular shu sahifaning yuqoridan oʻng tomonda joylashgan, „Qisqartma“ yoki „Qisqartmalar“ deb yozilgan maʼlumot qutisida koʻrsatiladi.

Qisqartmalar foydalanuvchilarga qulaylik tugʻdirish maqsadida yaratilgandir. Har qanday sahifaga qisqartma yaratish mumkin. Sahifada qisqartma mavjudligi, bu sahifa qoida yoki koʻrsatma sahifasi ekanligiga ishora qilmaydi yoki isbotlamaydi.

Qanday qilib qisqartma yaratish mumkin[manbasini tahrirlash]

Aytaylik, siz mavjud sahifa boʻlmish Vikipediya:Besh ustun sahifasi uchun VP:5U qisqartma sahifasini yaratmoqchisiz. Buning uchun Vikipediya:5U sahifasini yarating va unga quyidagini qoʻshing:

#YOʻNALTIRISH [[Vikipediya:Besh ustun]]


Agar siz turkum uchun qisqartma yaratmoqchi boʻlsangiz, havola boshiga ikki nuqta („:“) qoʻshishingiz kerak boʻladi:

#YOʻNALTIRISH [[:Turkum:Qisqartmalardan yoʻnaltirishlar]]