Kontent qismiga oʻtish

Edmonton

Vikipediya, erkin ensiklopediya

EdmontonKanadaning janubi-gʻarbiy qismidagi shahar, NortSaskachevan daryosi boʻyida. Alberta provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi - 937,8 ming kishi (2001, shahar atrofi bilan). Mamlakatning muhim savdo-taqsimot, sanoat markazi. Transport yoʻllarining yirik chorrahasi.

Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Neftni qayta ishlash, neft kimyosi rivojlangan. Neft quduqlari parmalaydigan uskunalar ishlab chiqariladi. Qishloq xoʻjaligi xom ashyosi qayta ishlanadi. universitet bor. Shaharga 1795-yilda moʻyna savdosi bilan shugʻullanadigan kompaniyalar faktoriyasi sifatida asos solingan.