Fatvo
Qiyofa
Fatvo (arabcha: فتوى – tushuntirish, izoh, hukm, qaror) – islomda muftiy yoki ulamolar kengashi tomonidan diniy, huquqiy, siyosiy hamda ijtimoiy masalalarda beriladigan qaror, hukm yoki izoh.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Islomning dastlabki davrida Muhammad (sav) safdoshlari, ayniqsa, dastlabki toʻrt xalifa (choryorlar)ning turli huquqiy masalalar yuzasidan bergan izoxlari, shuningdek, ularning fiqhga doir chiqargan qarorlari fatvo deb aytilgan. Fatvo barcha diniy-huquqiy mazhab asoschilari tomonidan fiqhga oid qoʻshimcha manba sifatida qaralgan. Huquqiy masalalarda berilgan fatvo diniy jamoalar, muassasalar va musulmonlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Fatvo Qurʼon, hadislar va shariatga yoki ilgari berilgan fatvolarga asoslanib chiqariladi[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑
„Fatvo“ Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (F-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() |
Vikiiqtibosda Fatvoga tegishli iqtiboslar mavjud. |
![]() |
Vikilugʻatda fatvo nomli maqola mavjud. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Islom diniga oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |