Jem
Qiyofa
JEM (ing. jam) — shakar qiyomida pishirilgan meva va rezavorlar. Jem qiyomi murabbo qiyomidan quyuqligi bilan ajralib turadi. Jem pishirish uchun tarkibida kislota va jelesimon kо‘rinish hosil qilish uchun yetarli pektini bо‘lgan mevalar (olma, olxо‘ri, behi va b.) ishlatiladi. Boshqa mevalardan foydalanilganda ularga olma, krijovnik kabi pektin moddasiga boy meva va rezavor mevalar sharbati yoki pyuresi qо‘shiladi. Rezavor mevalar shakarni shimishi uchun pishirishdan avval eziladi. Jem uchun tayyorlangan mevalar tog‘ara yoki qozonga solinib, shakar yoki qiyom qо‘shiladi va kо‘pigi о‘rtaga yig‘ilib, mevalar shirani yaxshi shimib, quyuqlashib, tiniq bо‘lgunga qadar pishiriladi. 1 kg mevaga 800 g shakar solinadi.