Kontent qismiga oʻtish

Jupp Heynckes

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Jupp Heynckes
Heynckes 2013-yil Bayern Munich
jamoasi murabbiyligida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Josef Heynckes
Tavallud sanasi 9-may 1945-yil (1945-05-09) (80 yosh)
Tavallud joyi Mönchengladbach, Germaniya
Boʻyi 1.80 m
Ampluasi Hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1956–1962 Grün-Weiß Holt
1962–1964 Borussia Mönchengladbach
Total 420 (259)
Xalqaro medallar

Josef „Jupp“ Heynckes (nemischa talaffuzi: [ˈjʊp ˈhaɪnkəs]; 1945-yil 9-mayda tugʻilgan) – germaniyalik sobiq professional futbolchi va nafaqadagi futbol murabbiyi. U oʻzining futbolchilik faoliyatining asosiy qismini 1960—1970-yillardagi oltin davrda Myonxengladbaxning „Borussia“ jamoasida hujumchi sifatida oʻtkazgan. Bu davrda jamoa koʻplab milliy chempionatlar, DFB-Pokal va UEFA kubogini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 1977-yilda „Borussiya“ oʻzining yagona Yevropa chempionlar kubogi finalida ishtirok etib, „Liverpul“ga magʻlub boʻlgan. Xaynkes 220 ta gol bilan Bundesliga tarixidagi toʻrtinchi eng samarali toʻpurar hisoblanadi. U Gʻarbiy Germaniya terma jamoasi tarkibida 1972-yilgi UEFA Yevropa chempionati va 1974-yilgi FIFA Jahon chempionati gʻolibligini qoʻlga kiritgan.

Murabbiy sifatida Xaynkes „Bayern“ bilan toʻrt marta Bundesliga chempioni unvonini va ikki marta UEFA Chempionlar Ligasini qozongan: 1997-98-yillarda „Real Madrid“ bilan va 2012-13-yillarda „Bayern“ bilan chempionlar ligasida gʻolib boʻlgan. U barcha davrlarning eng buyuk murabbiylaridan biri sifatida eʼtirof etiladi[1][2][3].

  1. „Jupp Heynckes: The Legendary Manager Who Masterminded 'the Greatest Bayern Side Ever'“. si.com (2019-yil 4-iyul). Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
  2. „Who are the best 50 football managers of all-time?“. goal.com (2019-yil 20-mart). Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.
  3. Flanagan, Chris „Ranked! The 100 best football managers of all time“. fourfourtwo.com (2023-yil 26-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 16-dekabr.