Kontent qismiga oʻtish

Mavlud

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mavlud
Mavlud
2013-yilda Malayziyaning poytaxti Putrajayada sunniy musulmonlar Mavlud marosimida ishtirok etishdi.
Boshqa nomlari Mavlid an-Nabiy
Nishonlovchilar Asosan sunniylar, shialar va turli boshqa mazhablar
Turi Islomiy
Ahamiyati Muhammad paygʻambarning tavallud kunini nishonlash
Sana Rabiulavval oyining 12-kuni
2024-yildagi sanasi 14/15 sentyabr
2025-yildagi sanasi 4/5 sentyabr
Qoidalari Duolar, paygʻambar shaʼniga madhiyalardan iborat sheʼrlar oʻqish, sadaqalar berish

Mavlud (arabcha: مولد‎), Mavlid an-Nabiy (arabcha: المولد النبوي‎ — tugʻilish, paygʻambarning tugʻilgan kuni) — Muhammad paygʻambarning tugʻilgan kuni bilan bogʻliq bayram. Rabiulavval oyining 12-kuni nishonlanadi. Musulmon mamlakatlarida mavlud kuni duolar, paygʻambar shaʼniga madhiyalardan iborat sheʼrlar oʻqiladi, sadaqalar beriladi, ruhoniylarning yigʻilishlari oʻtkaziladi[1].

  1. „Mavlud“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (M-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.