Kontent qismiga oʻtish

Mushuk

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mushuk
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonot
Tip: Xordalilar
Sinf: Sut emizuvchilar
Turkum: Carnivora
Oila: Felidae
Urugʻ: Felis
Tur: F. silvestris
Felis silvestris catus
Schreber, 1775
Sofi laqabli Scotish fold zotiga mansub mushuk

Mushuklar (Felis) — mushuksimonlar oilasiga mansub yirtqich sut emizuvchilar urugʻi. Boʻyi dumgʻaza qismida yagʻriniga nisbatan baland. Tirnoqlari toʻliq tortiladi. Yevrosiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada tarqalgan; 30 turi, jumladan, Oʻzbekistonda 6 turi (silovsin, qoraquloq, toʻqay mushugi, manul, qum mushugi, yovvoyi mushuk) bor. Kuyikish davrida erkaklari baland ovoz bilan miyovlaydi va bir-biri bilan urishadi. Yiliga 2 marta 1—7 tadan bolalaydi. Yangi tugʻilgan bolasining koʻzi yumuq boʻladi. Mushukning koʻpchilik turlari mayda sut emizuvchilar (kemiruvchilar) va qushlar bilan, Sumatra mushugi oʻsimliklar mevasi, baliqchi mushuk, asosan, baliq bilan oziqlanadi. Ayrim turlarining (masalan, silovsin) moʻynasi qimmatbaho. Liviya mushugi kenja turi barcha xonaki mushukning nayel boshi hisoblanadi. Xonaki mushuk kemiruvchilarni qirib, foyda keltirsa, qushlarni yeb zarar keltiradi. 7 turi va 4 ta kenja turi Xalqaro Qizil kitobga, Oʻzbekistonda uchraydigan barcha turlari ham Qizil kitobga kiritilgan[1].

  1. „Mushuk“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (M-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.