Kontent qismiga oʻtish

Navkat-quraysh

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Navkat-quraysh – oʻrta asrlardagi Kesh viloyatiga qarashli shahar. Keshdan Nasafga boradigan yoʻlda, hozirgi Qamashi tumanidagi Qavchin qishlogʻi oʻrnida joylashgan. Xoja Ahror mulklariga oid vaqf hujjatlarida (15— 16-asrlar) qayd etib oʻtilgan. Navkat-quraysh Oltintepa shahar xarobasi oʻrnida boʻlgan deb hisoblanadi. Vasiliy Bartoldning fikricha, Navkat-qurayshdagi „Quraysh“ soʻzi islomning dastlabki davrlarida bu yerda arablarning Quraysh qabilasi yashaganligiga ishora. Qurayshlar Qutayba ibn Muslim qoʻshinining koʻpchilik qismini tashkil etgan. Qashqadaryoda hozirgi yashaydigan arablar shularning avlodlari boʻlishi ehtimoldan xoli emas. Soʻgʻdiycha Navkat – „Yangi qalʼa“ yoki „Yangi qishloq“ demakdir[1].

  1. Navkat-quraysh“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 6-jild (Miriy — Parxish). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 704-bet.