Kontent qismiga oʻtish

Sayqaliy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Sayqaliy
Tavalludi
Sobir

1730
Vafoti 1798
Hisor
Kasbi Shoir

Sayqaliy, Hisoriy, Sobiriy (taxalluslari; ismi Sobir; 1730-yil, Hisor — 1798-yil, Hisor) – shoir.

Sobir Sayqaliy 1730-yiilda Hisorda tugʻilgan. Avvaliga xususiy muallim qoʻlida, keyinchalik Buxoro madarasalarida tahsil olgan[1]. „Qissai Ibrohim“, „Rangnoma-i Imom Muhammad Hanafiyya“, „Ahtamnoma“, „Ravzat ush-Shuhado“ kabi diniy-didaktik asarlari bor. Ularda Sharqda mashhur ayrim syujetlar qisqa bayon etilgan. Gʻazal, muxammas, musaddas, musamman va masnaviylarida zamonasidan, haqsizlik va qashshoqlikdan shikoyat qilgan, insonni, uning sevgisini ulugʻlagan.

Sayqaliy ijodida ishqiy sarguzasht mazmundagi „Bahrom va Gulandom“ dostoni alohida ahamiyatga ega. Asar masnaviy va lirik janrlarda aralashtirib yozilgan. Kirish qismida 20 dan ortiq ishqiy syujetlarni sanaydi. Uning asarida xalq ogʻzaki ijodidagi Bahrom obrazi asosiy qahramon qilib olingan. Rum shahzodasi Bahromning Chin malikasi Gulandomga oshiq boʻlishi va ularning sarguzashtlari asarning asosiy syujetini tashkil etadi. Asarda mardlik, vatanparvarlik, sadoqat, maqsadga intilishda sobitqadamlik kabi olijanob insoniy fazilatlar tarannum etilgan.

Sayqaliy asarlari Markaziy Osiyo, Qozogʻiston, Tatariston va boshqa joylarda keng tarqalgan, bir necha bor nashr etilgan. Qoʻlyozma nusxalari Sankt-Peterburg, Toshkent, Ashxobod, Dushanba, Samarqand kabi shaharlardagi qoʻlyozmalar fondlarida saqlanadi[2]. Sayqaliy 1798-yilda oʻz vatani boʻlmish Hisorda vafot etgan[1].

  • „Ahtamnoma“
  • Bahrom va Gulandom. Toshkent, 1960. 
  • „Qissai Ibrohim“
  • „Ravzat ush-Shuhado“
  • „Rangnoma-i Imom Muhammad Hanafiyya“
  1. 1,0 1,1 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. ISBN 978-9943-00-130-5. 
  2. „Sayqaliy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (S-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
  • Vohid Abdullayev. Oʻzbek adabiyoti tarixi, 2-kitob, Toshkent, 1967. 
  • Oʻzbek adabiyoti tarixi, 4-jild (5 jildli), Toshkent, 1978.