Kontent qismiga oʻtish

Semantika

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Semantika (yun. “semantikos” — ma’no bildiruvchi, ifodalovchi) — 1) til yoki uning biron bir birligi (soʻz, soʻzning grammatik shakli, frazeologizm, soʻz birikmasi, ran) orqali ifodalanadigan butun mazmun, maʼno, axborot; 2) turli til birliklarining maʼnoviy tomonini oʻrganuvchi tilshunoslik boʻlimi; semasiologiya. Ayrim lug‘aviy unsurlar tushunchalarini bildiradi, bu tushunchalarni esa faqat toʻliq gaplar va ularning qoʻshilmalari ifodalashi mumkin. Binobarin, S.ning oʻrganish obʼyekti ham, asosan, toʻliq, mustaqil maʼnoli soʻzlar va gaplarning maʼnolar tizimidir. S. fan sifatida 19-a.ning 2-yarmidan rivojlana boshlagan va hozirgacha bir-biridan sifat jihatidan farqlanuvchi bir necha bosqichdan oʻtgan[1].

  1. „Semantika“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (S-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.