Shrek 5
Shrek 5 | |
---|---|
![]() | |
Rejissyor(lar) | |
Prodyuser(lar) | |
Ssenariynavis(lar) | Michael McCullers |
Qaysi asarga asoslangan |
Shrek! –William Steig |
Rollarda | |
Studiya(lar) | DreamWorks Animation |
Distribyutor | Universal Pictures |
Chiqarilgan sanasi | |
Mamlakat |
![]() |
Til | inglizcha |
„Shrek 5“ – DreamWorks Animation studiyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan hamda Universal Pictures tomonidan tarqatilishi kutilayotgan fantastik komediya janridagi AQSH kompyuter-animatsion filmi. Bu film „Shrek Forever After“ multfilmining davomi boʻlib, asosiy seriyaning beshinchi va „Shrek“ franshizasining yettinchi filmidir. Ssenariy Chris Meledandrining gʻoyasi asosida Paul Fisher va Michael McCullers tomonidan yozilgan, Meledandrining oʻzi ham prodyuser sifatida ishtirok etmoqda. Mike Myers, Cameron Diaz va Eddie Murphy Shrek, Eshak va Malika Fiona obrazlariga, Zendaya esa Shrek va Fionaning qizi Felitsiyaga ovoz beradi.
Avvaliga ushbu multfilm, tanqidiy eʼtirofga sazovor boʻlgan va katta daromad keltirgan „Shrek 2“ namoyish etilgan paytda suratga olish rejalashtirilgan edi. Biroq, DreamWorks kompaniyasining sobiq bosh direktori Jeffrey Katsenberg franshizani toʻrtinchi film bilan yakunlashga qaror qilgach, beshinchi qism bekor qilingan. Shunday qilib Shrek Forever After Shrek franshizasidagi yakuniy multfilmga aylangan. Shunday bo‘lsa-da, 2014-yilda ishlanma qayta boshlandi. 2016-yilda Universal Pictures kompaniyasining bosh tashkiloti NBCUniversal DreamWorks Animation studiyasini sotib olgandan so‘ng, Shrek filmining beshinchi qismini ishlab chiqarish rasman tasdiqlanadi. Buning natijasida 2017-yilning martidan 2024-yilning iyunigacha loyiha bo‘yicha yangilanishlar davom etib keldi.
Film AQSHda 2026-yil 23-dekabrda namoyish etilishi rejalashtirilgan.
Filmga ovoz berganlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mike Myers - Shrek[1]
- Cameron Diaz - Malika Fiona[1]
- Eddie Murphy - Eshak[1]
- Zendaya - Shrek va Fionaning qizi Felicia[2]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Couch, Aaron; McClintock, Pamela „Shrek 5 Set for 2026 with Mike Myers, Eddie Murphy and Cameron Diaz Returning“. The Hollywood Reporter (2024-yil 9-iyul). 2024-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 Couch, Aaron „Zendaya to Star in 'Shrek 5' as Shrek’s Daughter (Exclusive)“. The Hollywood Reporter (2025-yil 27-fevral). 2025-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2025-yil 27-fevral.