Toledo
Toledo — Ispaniyaning markaziy qismidagi shahar. Tako daryosi boʻyida. Toledo provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi - 61 ming kishi (2000). Hunarmandchilik (metall buyumlar, korrida uchun anjomlar, keramika, ipak va jun gazlama tayyorlash)ning qadimgi markazi.
Qadimda T. karpetanlarning iberiy qabilasi manzilgohi boʻlgan, miloddan avvalgi 2-asrda uni rimliklar egallagan. 6-asr oʻrtalaridan Vestgotlar davlati poytaxti. 1085-yilda Alfons VI tomonidan egallanib Kastiliya va Leon poytaxtiga aylandi. 1479-yildan birlashgan Ispaniya poytaxti. Arablar qoʻl ostida boʻlgan davrdan boshlab hunarmandchilikning, xususan, sovuq qurollar ishlab chiqarish. va teriga ishlov berish markaziga aylandi. 14— 15-asrlarda movut, ipak matolar, keramika va zargarlik buyumlari ishlab chiqarish. ayniqsa rivojlandi. 16-asr oxiri va 17-asr boshlarida (poytaxt Madridga koʻchirilgach) T.ning iqtisodiy va siyosiy mavqei pasaydi.
Meʼmoriy yodgorliklardan rim davrida qurilgan sirk krldiklari, akveduk, shahar darvozalari, cherkovlar, ratusha, sobor, koʻpriklar va boshqa saqlangan. 20-asrda T. qad. meʼmorlikning milliy qoʻriqxonasi deb eʼlon qilingan. Shahar oʻrta asr qiyofasini saqlab qolgan, zamonaviy qurilishlar qilinmaydi. Turizm rivojlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |