Kontent qismiga oʻtish

Umra

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Umra — islom anʼanasida kichik haj amali. Umra Qurʼon oyati va Paygʻambar (sav) sunnati bilan sobit bo’lgan amal. Umrani o’n ikki oy bajarish mumkin. Umraning ikkita farzi bor: ehrom, Kaʼbani tavof qilish. Bir kishi Makkaga borganda bir necha bor oʻziga, otasiga, onasiga, yaqinlariga Umra amalini bajarishi mumkin. Faqat har bir Umra uchun qayta miyqotga borib, g’usl qilib, ehromni kimga Umra qilayotgan boʻlsa, o’sha kishiga niyat qilib kiyadi. Hajga borib, Makkada yashab turganlar uchun „Tanʼim“(hazrat Oysha) Masjidi miyqot hisoblanadi.

Ushbu risola umra ibodati haqida bir shingil koʻrsatmalardan iborat boʻlib, uni oʻquvchilarga taqdim etiladi
Birinchi: Umra qilmoqchi boʻlgan odam miykotga yetib kelganidan soʻng, gʻusl qilib, tozalanishi mustaxabdir. Xotin qizlar ham, garchi hayz va nifos qoni koʻrayotgan boʻlsalar-da, gʻusl qilib, tozalanadilar. Biroq, qon toʻxtab, gʻusl qilib poklanmagunlaricha, Kaʼbani tavof qilmaydilar.

Erkak kishi ehrom kiyimlariga tekkizmagan holda, badaniga xushboʻy narsalar surishi mumkin. Agar miykotda gʻusl qilish imkoni boʻlmasa, zarari yoʻqdir. Chunki uning Makkaga yetib kelgach, qulaylik boʻlsa, tavof qilishdan avval gʻusl qilishi, mustaxabdir.

Ikkinchi: Erkak kishi tiqilgan barcha kiyimlarini yechib, izor (bel osti lungisi) va rido (bel usti lungisi) bog'laydi. Erkaklarning oq rangdagi izor va ridoni boshlarini oʻramasdan bogʻlashlari mustaxabdir.

Xotin-qizlar esa, ziynat va shuxrati boʻlmagan oddiy kiyimlarni kiyishi — ehrom bog'lashidir.

Uchinchi: Soʻngra qalbi bilan ibodatga kirishishni niyat qiladi va tili bilan: „labbayka Allohumma umratan“ (Allohim sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) yoki „Allohumma labbayka umratan“ (Ilohim, sening barcha hukmlaringga tayyorman va umraga niyat qildim) deydi. Agar ehromdagi odam kasalligi, dushmanning xatari va bundan boshqa shariat izn bergan sabablardan biri sababli ibodatini ado eta olmay qolishdan qoʻrqsa, ehromga kirish paytida „Agar meni biron toʻsiq toʻssa, oʻsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb shart qiladi. Buning dalili Zuboʻa Zubayr qizining aytgan soʻzlaridir. U: „Yo rasululloh, men haj qilmoqchiman, biroq, kasalman“- dedi. Rasululloh sollallohu alayxi va sallam: „Haj qil. Biroq, (kasallik) meni qayerda toʻssa, oʻsha yer mening ehromdan chiqish yerimdir“, deb ayt"- dedilar" (Muttafakun alayx).

Ehromni kiyganidan soʻng, rasulullox sollalloxu alayxi va sallam aytgan talbiyani aytadi: „Labbaykal-loxumma labbayk! Labbayka la sharika laka labbayk! Innal-xamda van-neʼmata laka val-mulk, la sharika lak“.

U bu talbiya va Allohning zikrini koʻp aytadi va Allohga koʻp duo qiladi. Masjidul-Xaromga yetib kelgach, xuddi boshqa masjidlarda qilganidek, eshikdan oʻng oyogʻi bilan kirib: "Bismillah, vassolatu vassalamu ala rasulillah, aʼuzu billaxil-aziym va bi vajxixil-kariym va sultonixil-kadiym minash-shaytonir rajiym. Allohummaf-tax liy abvaba roxmatik (Allohning nomi bilan.. Allohning rasuliga salavot va salomlar boʻlsin. Men Buyuk Allohdan, Uning buyuk yuzi va qadimiy sultonligi bilan (Allohning rahmat dargohidan) quvilgan Shaytondan panoh soʻrayman. Ilohim, men uchun rahmating darvozalarini och!) — deyishi sunnatdir.

Keyin, Kaʼbaga yetib kelguniga qadar talbiya aytish bilan mashg'ul boʻladi.

Toʻrtinchi: Kaʼbaga yetib kelgach talbiya aytishni toʻxtatadi va Qora tosh-Xajarul-asvadni qasd qiladi-da, uning qarshisiga yurib, uni oʻng qoʻli bilan silaydi yoki imkoni boʻlsa, oʻpadi. Odamlarga ozor bermaydi. Silash paytida: „Bismillaxi valloxu akbar“ (Allohning ismi bilan va Alloh buyukdir) yoki „Allohu akbar“ (Alloh buyukdir), deydi. Agar oʻpish imkoni boʻlmasa, qoʻli yoki xassasi va shunga oʻxshash biron narsa bilan silaydi va silagan narsasini oʻpadi. Agar silash imkoni ham boʻlmasa, qoʻli bilan ishora qiladi va: „Allohu akbar“ (Alloh buyukdir) — deydi. Ishora qilgan narsasini oʻpmaydi. Tavof toʻg'ri-saxix boʻlishi uchun tavof qilayotgan odamning g'usli va tahorati boʻlishi kerak. Chunki tavof ham namoz singari boʻlib, faqat unda gapirishga ruxsat berilgan.

Beshinchi: Tavof qilar ekan, Kaʼba uning chap tarafida boʻlishiga diqqat qilinadi va uni yetti marta tavof qilinadi. Agar oʻng taraf — „ruknul-yamoniy“ga yetib kelinsa, uni oʻng qoʻl bilan silanadi va: „Allohu akbar“ deyiladi. „Ruknul-yamoniy“ni oʻpilmaydi. Agar silash imkoni boʻlmasa, silamay tavofda davom etiladi: unga ishora ham qilinmaydi va takbir ham aytilmaydi.

Xajarul-asvadga yetib kelingach, yuqorida eslatib oʻtilganidek, uni silanadi, oʻpiladi va takbir aytiladi. Boʻlmasa, unga ishora qilinib, takbir aytiladi.

Erkaklargagina „kudum“ — kelish tavofi asnosida birinchi uch tavofda „raml“ — kichik qadamlar bilan tez yurish, mustaxabdir..

Bundan tashqari, erkaklarning „kudum“ tavofining barcha shavt-martalarida ridolarining oʻrtasini oʻng yelkalarining ostiga va ikki tarafini chap yelkalarining ustiga qoʻyishlari mustaxabdir. Barcha shavtlarda imkoni boricha Allohning zikri va duolarning koʻp aytilishi mustaxabdir. Tavofda oʻqiladigan maxsus duo va maxsus zikr yoʻqdir. Balki, bilgan zikr va duolar oʻqilaveradi. Ikki rukn oʻrtasida: „Robbana aatina fid-dunya xasanatan va fil-oxirati xasanatan va kinaa azaban-naar“ (Robbimiz, bizlarga dunyoda ham, oxiratda ham yaxshiliklar ato et va jaxannam azobidan saqla!) duosini har bir shavtda aytiladi. Chunki bu, rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan sobitdir. Yettinchi shavtni, yuqorida zikr qilinganidek, imkoni boʻlsa Xajarul-asvadni oʻpish yoki silash yoki ishora qilish va takbir aytish bilan tugallanadi. Bundan soʻng ridoni yopiniladi: yelkaga tashlanib, uchlari koʻksida boʻladi.

Oltinchi: maqom (i Ibroxim) orkasida, imkoni boʻlsa, nikki rakaat namoz oʻkiydi. Agar imkoni boʻlmasa, masjidning xar kaysi erida oʻkilsa xam boʻlaveradi. Uning birinchi rakatiga fotixadan soʻngra „Kofiruvn“, ikkinchi rakaatida esa „Ixlos“ suralarini oʻqiladi. Bunday kilish afzaldir. Agar boshqa suralarni oʻkilsa, zarari yoʻk. Ikki rakatni tugatilganidan soʻng, Xajarul-asvad tomon yuriladi va imkoni boʻlsa oʻng koʻl bilan silanadi.

Yettinchi: Keyin Safo (togi) tarafiga borib, uning ustiga chiqiladi yoki turiladi. Chikish afzaldir. Birinchi shavtni boshlashdan avval:

 (إِنَّ الصَّفَا وَالْمَرْوَةَ مِنْ شَعَائِرِ اللَّهِ) «Innas-Sofa val-Marvata min shaʼoirillax» (Safo va Marva (toglari) Alloxning ibodat qilinadigan yerlaridir) oyatini oxirigacha oʻqiydi. Ehromdagi odamning qiblaga yuzlanib turishi, Allohga hamdu takbir aytib: (لا إله إلا الله، والله أكبر، لا إله إلا الله وحده لا شريك له، له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير. لا إله إلا الله وحده، أنجز وعده، ونصر عبده، وهزم الأحزاب وحده)

„La ilaha illalloh. Vallohu akbar, la ilaha illallohu vahdaxu la sharika lah, laxul-mulku va laxul-xamd va xuva ala kulli shayʼin qodiyr. La ilaha illallohu vaxdax, anjaza vaʼdax va nasara abdax va xazamal-axzaba vaxdax“ (Allohdan oʻzga ilox yoʻkdir va Alloh buyukdir! Sheriksiz yolgiz Alloxdan oʻzga ilox yoʻkdir xamda egadorlik va xamdlar Ungagina xosdir. Xolbuki, U barcha narsaga kodirdir. Yolgiz Allohdan oʻzga iloh yoʻqdir. U vaʼdasiga vafo qildi, bandasiga yordam berdi va oʻzi guruxlarni maglub kildi), deb qoʻllarini koʻtarib duo qiladi va bu zikr va duolarni uch marta takrorlaydi.

Keyin, Marva tog'i tomon yuriladi va birinchi belgiga yetib kelganda, erkaklar ikkinchi belgiga yetgunga qadar yugurib chopadilar. Xotin-qizlarning yugurishlari shariatda koʻrsatilmagan. Chunki xotin-qizlar avratdir. Soʻngra davom etib, Marva togiga chiqiladi yoki Marvada turiladi: togning ustiga chikish afzaldir. Marva togida xam Safo togida kilingan ishlarni kilinadi. Birok, yukorida zikri oʻtgan oyatni oʻkilmaydi. U oyatni rasulullox sollalloxu alayxi va sallamdan namuna olib, fakatgina birinchi shavtda Safo togidagina oʻqiladi, xolos. Keyin togdan tushib, Safo tog'iga etib borilguniga qadar sekin yuriladigan yerda sekin, yuguriladigan yerda yuguriladi. Yetti shavt shu kabi ado etiladi: Borish bir, qaytish esa aloxida bir shavt xisoblanadi. Xususan, extiyoj boʻlsa, biron narsani minib yursa, zarari yoʻq. Yurish asnosida koʻp zikr va duolar kilish mustaxabdir. Bu yurishda xam g'uslli va taxoratli boʻlish kerak. Taxoratsiz yursa zarari yoʻq.

Sakkizinchi: Agar yurish-saʼy nixoyasiga yetsa, erkaklar sochlarini qirishlari yoki qisqartishlari zarur. Qirib tashlash afzaldir. Agar Makkaga kelish payti xaj mavsumiga yaqin boʻlsa, sochlarni qiskartish afzaldir. Chunki sochning qolgan qismini xaj mavsumida qirib tashlanishi mumkin. Xotin-qizlar esa, sochlarini toʻplab uning uchidan bir barmoq boʻgimicha yoki undan ozroq qirqishlari yetarlidir.

Exrom boglagan odam yukorida zikri oʻtgan amallarni qilsa, umra ibodati tugaydi valhamdu lillah va unga ehrom bog'lashi bilan harom boʻlgan barcha narsa halol boʻladi.

Alloh taʼolo bizlarni va barcha musulmon birodarlarimizni dinida faqih va sobitqadam boʻlishga muvaffaq qilsin hamda barchadan ibodatlarini qabul etsin. Darhaqiqat, U saxovatli karim zotdir.