Kontent qismiga oʻtish

Zuhd

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zuhd (arabcha: زهد‎) — dunyoga bemayl, behavas boʻlishlik, nafsini tiyishlik. Bu sifatga ega boʻlgan kishi zohid deyiladi.

Zohid - (arab. - tark etuvchi, kamxarj, imon-e’tiqodli, xudojo'y) - taqvodor Allohdan qo‘rqib gunohlardan saqlangan, parhezkor; - din yo‘lida fidoiylik qiluvchi; - tarki dunyo qilgan kishi. Zohidlar musulmonlarni Allohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalardan voz kechishga chaqirgan.
Zohid - Allohning ibodatida bardavom bo‘lgan, yuqori axloqli va ma’naviy sifatlarga ega, bu dunyo ne’matlariga beparvo parhezkor shaxs. Ulamolar ta’biriga ko‘ra, zohid - qo‘lidan dunyo ketgan odam emas, zohid uni hech bir dunyo ishi mashg‘ul qilmaydigan zotdir. Mutazohid (zohidlikni da’vo qiluvchi) dunyoni qo‘lidan ketkazadi, zohid esa qalbidan. Zohid so‘zi obid, orif, nosik, faqir so‘zlari bilan ham ifodalangan [1].

  1. Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 212.
  • Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.