Kontent qismiga oʻtish

Idris

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Idris (arabcha: إدريس‎) – Qurʼonda nomi zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Rivoyat qilishlaricha, Idris yer yuzida 365 yil yashagan. Bu olijanob, taqvodor insonni Alloh „yuksak martabaga koʻtargan“:

56. Va kitobda Idrisni esla. Albatta, u siddiq va Nabiy boʻlgan edi.
57. Va uni oliy maqomga koʻtardik. (Uning qadrini yuksak, zikrini oliy qildik. Dunyoda shunday oliymaqom zotlar oʻtgan)
Maryam surasi, 56—57-oyatlar

Islomshunoslar Idrisni Bibliyadagi Enoh, baʼzan Ezdra kabi afsonaviy shaxslar bilann taqqoslaydilar. U ajal farishtasini aldab, jannatga kirgan va Allohga sadoqati uchun qiyomat kunigacha oʻsha joyda yoki yetti osmonning birida krldirilgan. Idris islom rivoyatlaridagi Ilyos va Xizr hazratlari singari „abadiy barhayot“ hisoblanadi. U xat va yozuvni, kiyim tikib, kiyinib yurishni boshlab bergan, yulduzlarga qarab taqdirni aytib berishni, vaqt hisobini bilgan paygʻambardir. Tikuvchilar piri hisoblanadi[1].

  1. „Idris“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (I-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.