Kontent qismiga oʻtish

Curve

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Curve“
The Weeknd ishtirokidagi Gucci Mane promo-singli
Mr. Davis albomidan
Chiqarilgan sanasi 13-sentyabr, 2017-yil(2017-09-13)
Janr trap
Davomiyligi 2:41
Leybl
  • GUWOP
  • Atlantic
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Nav
  • FrostADX
Klipi
„Curve“ YouTubeda

„Curve“ – amerikalik repper Gucci Mane tomonidan ijro etilgan va kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ishtirok etgan qoʻshiqdir. Prodyuser sifatida ham ishlagan Nav va FrostADX bilan birgalikda yozilgan bu qoʻshiq 2017-yil 13-sentabrda Gucci Manening oʻn birinchi studiyaviy albomi – Mr. Davis (2017) uchun promo-singl sifatida chiqarilgan.

Gucci Mane qoʻshiqni 2017-yil 13-sentabr kuni Beats 1 da oʻzining Mr. Davis albomi uchun promo-singli sifatida ilk bor taqdim etdi. U Zane Lowega shunday degan edi: „Men The Weeknd va butun XO jamoasining katta muxlisiman va ularga hurmatim baland. Biz [telefon] raqamlarimizni almashdik va oʻzaro aloqa oʻrnatishni boshladik. Biz bir-birimizga treklar yuborar edik: men ularga qoʻshiqlar, ular esa menga bitlar yuborardi. Keyin esa bir kuni u menga Nav tomonidan ishlab chiqarilgan shu trekni yubordi. Bu goʻyoki ertaroq berilgan tugʻilgan kun yoki Rojdestvo sovgʻasidek edi“[1].

Kompozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq „gipnosik“ deb taʼriflangan boʻlib[2], u ijrochilarning „playboy“ uslubidagi (maishatga berilgan) hayot tarzlari haqida[3]. The Weeknd birinchi kuplet va naqarotni ijro etib, maftunkor ayollar va ular bilan qisqagina vaqt oʻtkazib, soʻng hech qanday achinishsiz tashlab ketish haqida kuylaydi[4]. Gucci Mane esa ikkinchi kupletda oʻzining katta obroʻsi bilan ayollarni oʻziga rom etishi haqida rep ijro etadi[2][4].

Musiqiy klipi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasman musiqiy video 2017-yil 10-noyabrda taqdim etilgan[5]. Videoga David Helman rejissyorlik qilgan boʻlib[6], oq-qora rangda suratga olingan va unda Gucci Mane hamda The Weeknd qorongʻu tor koʻchada tasvirlanadi. Video davomida kameraning burchagi asta-sekin burilib, ijrochilarning qoʻshiq aytayotgan va raqsga tushayotgan koʻplab klonlarini koʻrish mumkin[5][7].

Chart (2017) Eng yuqori
oʻrin
AQSH bayrogʻi AQSh (Billboard Hot 100)[8] 67
AQSH bayrogʻi AQSh (Hot R&B/Hip-Hop Songs)[9] 28
Avstraliya bayrogʻi Avstraliya (ARIA)[10] 93
Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik (UK Singles Chart)[11] 78
Kanada bayrogʻi Kanada (Canadian Hot 100)[12] 40

Sertifikatsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Curve“ning sertifikatsiyasi
Hudud Sertifikatsiya Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar
Qoʻshma Shtatlar (RIAA) Platina 1,000,000
  1. Ortiz, Edwin „Gucci Mane Links Up With the Weeknd for New Song "Curve"“. Complex (2017-yil 13-sentyabr).
  2. 2,0 2,1 Lamarre, Carl (September 13, 2017). „Listen to Gucci Mane & The Weeknd Kill Every Groupie's Dream on 'Curve'. Billboard (ingliz (Amerika)).
  3. Fresh, Mikey „Gucci Mane Releases His Biggest Single To Date, "Curve" (Feat. The Weeknd)“ (en-US). Vibe (2017-yil 13-sentyabr).
  4. 4,0 4,1 Findlay, Mitch „Gucci Mane & The Weeknd Shine On "Curve"“ (en). HotNewHipHop (2017-yil 13-sentyabr).
  5. 5,0 5,1 Carley, Brennan „Gucci Mane and the Weeknd Own the Night in Their New "Curve" Video“ (en-US). GQ (2017-yil 10-noyabr).
  6. Rettig, James „Gucci Mane – "Curve" Video (Feat. The Weeknd)“ (en). Stereogum (2017-yil 10-noyabr).
  7. India, Lindsey „Gucci Mane and The Weeknd Release Trippy New Curve Video - XXL“ (en). XXL (2017-yil 10-noyabr).
  8. "Gucci Mane Chart History (Hot 100)". Billboard.
  9. "Gucci Mane Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard.
  10. „ARIA Chart Watch #439“. auspOp (2017-yil 23-sentyabr). 2020-yil 27-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 18-mart.
  11. "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company.
  12. "Gucci Mane Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard.