Party Monster
„Party Monster“ | ||||
---|---|---|---|---|
![]() | ||||
The Weeknd singli | ||||
Starboy albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2016-yil 17-noyabr | |||
Yozilgan sanasi | 2016-yil | |||
Studiya | Conway Recording Studios, Hollywood, Kaliforniya | |||
Janr | trap | |||
Davomiyligi | 4:09 | |||
Leybl | ||||
Qoʻshiq muallif(lar)i |
| |||
Prodyuser(lar) |
| |||
The Weeknd singllari xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Party Monster“ YouTubeda |
„Party Monster“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, uchinchi studiyaviy albomi – Starboy tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi. Trek 2016-yil 17-noyabrda raqamli yuklab olish uchun toʻrtinchi singl sifatida chiqarilgan. Keyinchalik, 2016-yil 6-dekabrda AQShning urban contemporary radiosiga yuborilgan. Qoʻshiq The Weeknd, Ben Billions va Doc McKinney tomonidan yozilib, ishlab chiqarilgan boʻlib, Belly va Lana Del Rey ham qoʻshiq yozishda hissa qoʻshishgan. Lana Del Rey ushbu qoʻshiqda fon vokali egasi sifatida ishtirok etadi[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2016-yil 17-noyabrda The Weeknd oʻzining uchinchi studiyaviy albomi Starboydan uchinchi va toʻrtinchi singllar – „I Feel It Coming“ hamda „Party Monster“ni chiqarishini maʼlum qildi. Ushbu qoʻshiqlar ertasi kuni raqamli yuklab olish uchun taqdim etilgan[2].
Kompozitsiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Party Monster“ – E♭ minor tonalligidagi trap janridagi qoʻshiqdir[3]. Uning tezligi daqiqasiga 77 zarbdan iborat. Qoʻshiq E♭m–D♭–C♭–D♭ akkordlari ketma-ketligiga asoslangan[4][5].
Tijoriy muvaffaqiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Party Monster“ qoʻshigʻi Billboard Hot 100 chartida 16-oʻrinni egallagan va ushbu reytingda jami 19 hafta davomida qolgan. Oʻsha paytda u Starboy albomidagi eng yuqori choʻqqiga erishgan uchinchi trek boʻlib, 2020-yillarda „Die for You“ qoʻshigʻining qayta mashhurligi ortidan bu unvondan mahrum boʻladi. Ushbu qoʻshiq R&B Songs va Hot R&B/Hip-Hop Songs reytinglarida ham eng yaxshi oʻnlikka kirgan. Kanadada esa „Party Monster“ Hot 100 reytingida 8-oʻrinni egallab, oʻsha paytda albomning ikkinchi eng yuqori natijsiaga erishgan va 20 hafta davomida reytingda qolgan. Ushbu singl 2022-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlarida RIAA tomonidan 3× Platina sertifikatiga sazovor boʻlgan; bu uning jami sotuvlari va oqimlari uch milliondan oshgan ekvivalent birliklarga teng ekanligini bildiradi.
Musiqiy klipi
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Party Monster“ qoʻshigʻining videoklipi 2017-yil 12-yanvarda taqdim etilgan boʻlib, unga BRTHR rejissyorlik qilgan. Rap-Up jurnalida videoning syujeti quyidagicha tasvirlanadi: "Video Abel Tesfaye (The Weeknd)ni haydovchi oʻrindigʻida, choʻlda mashina boshqarayotgani bilan boshlanadi. Keyin psixodelik taʼsirlar boshlanib, hamma narsa xiralashadi. Diniy va sezuvchan tasvirlar tezda namoyon boʻlib, The Weeknd neon chiroqlar va olov bilan toʻlgan qoʻrqinchli olamga tushadi, bu yerda zombi qahramonlar koʻz shaklidagi tort yeyishayotgan boʻladi. Klip davomida, oldingi videomateriallar: „Starboy“ va Mania qisqa videosi bilan bogʻliq narsalar, xususan, neon xoch va pantera tasvirlari chiqadi. Bir sahnada pantera televizor ekranidan sakrab chiqib, The Weekndni krovatga (choʻkuvchi qumlardagi kabi) choʻktiradi. Video oxiriga yaqin yuzlar erib ketayotgan paytda, u yana yoʻlda paydo boʻladi. U xavfli tarzda juda tez haydab, oxirida mashinani sohillikdan qulatadi, lekin bu manzarani u chetdan kuzatadi"[6]. BRTHR, shuningdek, Travis Scottning „Goosebumps“ qoʻshigʻi uchun ham shunga oʻxshash uslubda klip yaratgan. Videoklipda ishlatilgan avtomobillar Mazda RX-7 FC3S[7] va Lamborghini Murcielago boʻlgan. Yapon qoʻshiqchisi va internet shaxsiyati Joji, maʼlumotlarda videoning VHS kamerasi operatori sifatida keltirilgan[8].
Remiks
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻshiqning remiksi 2017-yil 19-yanvarda GQ jurnali bilan hamkorlikda chiqarilgan. Remiks uchun musiqiy klip rejissyor David Helman tomonidan suratga olingan boʻlib, u qoʻshiqning yangi versiyasi „Party Monster 2.0“ bilan bir vaqtda taqdim etilgan[9].
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sertifikatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hudud | Sertifikatsiya | Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar |
---|---|---|
Amerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA) | 3× Platina | 3,000,000 |
Avstraliya (ARIA) | 2× Platina | 140,000 |
Birlashgan Qirollik (BPI) | Platina | 600,000 |
Braziliya (Pro-Música Brasil) | 2× Platina | 120,000 |
Daniya (IFPI Danmark) | Platina | 90,000 |
Fransiya (SNEP) | Olmos | 100,000 |
Italiya (FIMI) | Oltin | 50,000 |
Kanada (Music Canada) | 4× Platina | 320,000 |
Norvegiya (IFPI Norway) | Oltin | 20,000 |
Polsha (ZPAV) | Platina | 50,000 |
Portugaliya (AFP) | Platina | 10,000 |
Yangi Zelandiya (RMNZ) | Platina | 30,000 |
Striming | ||
Gretsiya (IFPI Greece) | Oltin | 1,000,000 |
Chiqarilish tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hudud | Sana | Format | Leybl(lar) | Man. |
---|---|---|---|---|
Global | 2016-yil 18-noyabr | raqamli yuklab olish | [42] | |
AQSh | 2016-yil 6-dekabr | Urban contemporary | [43] | |
2016-yil 13-dekabr | Rhythmic contemporary | [44] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The Weeknd Starboy Album Credits“ (2016-yil 28-noyabr).
- ↑ „The Weeknd and Daft Punk to Release New Song "I Feel It Coming" Tomorrow“. Pitchfork (2016-yil 16-noyabr). 2024-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Kalia, Ammar „The Weeknd - Starboy“. Clash (2016-yil 5-dekabr).
- ↑ Tesfaye, Abel „Christian Pearl "Party Monster" Sheet Music (Piano Solo) in Eb Minor - Download & Print“. Musicnotes.com (2016-yil 12-dekabr).
- ↑ „BPM for 'party monster' by weeknd | songbpm.com“. songbpm.com.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Video: The Weeknd – 'Party Monster'“. Rap-Up.
- ↑ „TUNE UP: The Weeknd's "Party Monster" Mazda RX-7“. Japanese Nostalgic Car (2017-yil 13-yanvar).
- ↑ „Joji operating the camera for The Weeknd's Party Monster Music Video“.
- ↑ „Watch The Weeknd's Exclusive New "Party Monster" Music Video“. GQ (2017-yil 19-yanvar).
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Airplay)". Billboard. Qaraldi: 2022-yil 26-mart.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Rhythmic)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 21-mart.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster". ARIA Top 50 Singles. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster" (olmoncha). Ö3 Austria Top 40. Qaraldi: 2016-yil 8-dekabr.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster". Tracklisten. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster" (olmoncha). GfK Entertainment Charts. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Official IFPI Charts - Digital Singles Chart (International) - Week: 02/2017“. ifpi.gr. Qaraldi: 2023-yil 26-fevral.
- ↑ "Irish-charts.com – Discography The Weeknd". Irish Singles Chart. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster" Canciones Top 50. Qaraldi: 2022-yil 25-mart.
- ↑ „Classifica settimanale WK 48“ (it). Federazione Industria Musicale Italiana. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canada CHR/Top 40)". Billboard. Qaraldi: 2017-yil 29-noyabr.
- ↑ „The Official Lebanese Top 20 - Sia“. The Official Lebanese Top 20. Qaraldi: 2017-yil 20-fevral.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster" (niderlandcha). Single Top 100. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster". VG-lista. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2016-yil 9-dekabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 201648 into search. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Single (track) Top 40 lista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2022-yil 25-mart.
- ↑ "Archívum – Slágerlisták – MAHASZ" (vengercha). Stream Top 40 slágerlista. Magyar Hanglemezkiadók Szövetsége. Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster". Top 40 Singles. Qaraldi: 2018-yil 14-may.
- ↑ "Official Scottish Singles Sales Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster". Singles Top 100. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "The Weeknd – Party Monster". Swiss Singles Chart. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 201648 into search. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
- ↑ „Stream Top 100 - 2016“. Mahasz. Qaraldi: 2022-yil 25-mart.
- ↑ „Hot R&B/Hip-Hop Songs: Year-End 2017“. Billboard. Qaraldi: December 11, 2017.
- ↑ „Rhythmic Songs: Year-End 2017“. Billboard. Qaraldi: December 30, 2017.
- ↑ „Canadian Hot 100 – Year-End 2017“. Billboard. Qaraldi: December 17, 2017.
- ↑ Mench, Chris „The Weeknd Drops Two New Songs, "Party Monster" and "I Feel It Coming" f/ Daft Punk“. Complex. Complex Media (2016-yil 18-noyabr).
- ↑ „Urban/UAC Future Releases“. All Access. All Access Music Group. 2016-yil 6-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Top 40/R Future Releases“. 2016-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.