Prisoner
„Prisoner“ | |
---|---|
Lana Del Rey ishtirokidagi The Weeknd qoʻshigʻi | |
Beauty Behind the Madness albomidan | |
Chiqarilgan sanasi | 2015-yil 28-avgust |
Studiya | Conway (Hollywood)[1] |
Janr | |
Davomiyligi | 4:34 |
Leybl |
|
Qoʻshiq muallif(lar)i |
|
Prodyuser(lar) |
|
Audio | |
"Prisoner" YouTubeda |
„Prisoner“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weeknd tomonidan Lana Del Rey ishtirokida ijro etilgan qoʻshiq boʻlib, u The Weekndning ikkinchi studiyaviy albomi – Beauty Behind the Madness (2015) dan oʻrin olgan. Qoʻshiqni ikki ijrochidan tashqari Illangelo yozgan, shuningdek, u The Weeknd bilan birga prodyuserlik ham qilgan. Bu The Weeknd va Lana Del Reyning toʻrt hamkorligidan birinchisi hisoblanadi[2][3].
Tijoriy muvaffaqiyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Prisoner" qoʻshigʻi birinchi haftada 51,291 nusxada sotilib, Billboard Hot 100 roʻyxatida 47-oʻrinda debyut qildi[4]. Qoʻshiq, shuningdek, shu vaqt ichida AQShda 3,7 million strim ega boʻldi[5].
Jonli chiqishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Del Rey va The Weeknd 2015-yil 9-dekabrda Kaliforniyaning Inglewood shahridagi Forum sport majmuasida ushbu qoʻshiqni birinchi marta jonli ijro etdilar[6][7][8].
Tanqidiy qabul
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bustle nashridan Alex Kritselis yozadi: „Oʻrta tempdagi duet aynan kutganingizdek eshitiladi: qorongʻu, iztirobli va biroz oshirib yuborilgan. The Weeknd va Del Rey – dramatizmga moyilligi bilan tanilgan ikki sanʼatkor haqidagi fikringizga qarab, bu trek siz uchun yoki mutlaqo oʻta mukammal, yoki mutlaqo eshitishga arzimaydigan boʻlib tuyuladi. Shaxsan menga yoqdi“[9]. Rolling Stone sharhlovchisi Jon Dolan albom haqidagi sharhida ushbu qoʻshiqni „dabdabali gʻamginlikning choʻqqisi“ va „sekin alangalanuvchi oʻziga achinish bazmi“ deb taʼrifladi[10]. Stereogum sharhlovchisi Chris DeVille „Prisoner“ni Beauty Behind the Madness albomining „eng qiziqarli qismi“ deb atadi va ushbu qoʻshiq „The Weekndning eski miksteyplaridagi trekni eslatadi, biroq unga Del Reyning sirli va fojiali jozibasi ham qoʻshilgan“, dedi[11].
2019-yilda Billboard jurnalidan Kirsten Spruch „Prisoner“ qoʻshigʻini Lana Del Reyning eng yaxshi hamkorlik ishlari roʻyxatiga kiritdi[12]. Billboard sharhlovchisi Richard S. He esa 2019-yilda tuzgan „Every Lana Del Rey Song, Ranked“ roʻyxatida ushbu qoʻshiqni 75-oʻringa qoʻydi[13].
Chartlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Haftalik chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Yil yakunga koʻra chartlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
Sertifikatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hudud | Sertifikatsiya | Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar |
---|---|---|
Amerika Qoʻshma Shtatlari (RIAA) | Platina | 1,000,000 |
Avstraliya (ARIA) | Oltin | 35,000 |
Kanada (Music Canada) | Oltin | 40,000 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Prisoner and Angel liner notes".
- ↑ Davis, Sarah (April 19, 2017). „Lana Del Rey and The Weeknd reunite on "Lust For Life" — listen“. Consequence of Sound.
- ↑ „The Weeknd Starboy Album Credits“. Cache.umusic.com (2016-yil 28-noyabr).
- ↑ „Hot 100 Chart Moves: The Weeknd Debuts With 'Can't Feel My Face'“. Billboard. September 9, 2015.
- ↑ „The surging R&B/pop star makes history on Hot R&B/Hip-Hop Songs, among other chart feats, including on the Hot 100, all powered by the monster start of his new album, "Beauty Behind the Madness."“. Billboard. September 5, 2015.
- ↑ „The Weeknd and Lana Del Rey perform "Prisoner" together live for the first time -- watch“. Consequence of Sound (2015-yil 10-dekabr).
- ↑ „The Weeknd Performs 'Prisoner' With Lana Del Rey in Los Angeles“. Spin (2015-yil 10-dekabr).
- ↑ „The Weeknd and Lana Del Rey Perform "Prisoner"“. Pitchfork (2015-yil 10-dekabr).
- ↑ „Lana Del Rey & The Weeknd's "Prisoner" Lyrics Are Dark, Tortured & Exactly What You'd Expect“. Bustle (2015-yil 21-avgust).
- ↑ Dolan, Jon (September 10, 2015). „The Weeknd 'Beauty Behind the Madness' Album Review“. Rolling Stone.
- ↑ „The Weeknd – "Prisoner" (Feat. Lana Del Rey)“. Stereogum (2015-yil 21-avgust).
- ↑ Spruch, Kirsten (July 8, 2019). „Lana Del Rey's Best Collabs: The Weeknd, Stevie Nicks, A$AP Rocky & More“. Billboard.
- ↑ He, Richard S. (March 31, 2021). „Every Lana Del Rey Song, Ranked: Critic's List“. Billboard.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
- ↑ "Official Singles Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2015-yil 4-sentyabr.
- ↑ "Official R&B Singles Chart Top 40". Official Charts Company. Qaraldi: 2015-yil 4-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd feat. Lana Del Rey – Prisoner" (fransuzcha). Les classement single. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
- ↑ "The Weeknd feat. Lana Del Rey – Prisoner". Singles Top 100. Qaraldi: 2015-yil 10-sentyabr.
- ↑ „Hot R&B Singles: Year-End 2015“. Billboard. Billboard.com. Qaraldi: October 7, 2021.