Kontent qismiga oʻtish

Poison

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Poison“
The Weeknd ishtirokidagi Aaliyah singli
Unstoppable albomidan
Chiqarilgan sanasi 17-dekabr, 2021-yil(2021-12-17)
Yozilgan sanasi
  • 2001 (Aaliyah vokali)
  • 2021 (The Weeknd vokali)
Janr R&B
Davomiyligi 2:42
Leybl Blackground 2.0
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • DannyBoyStyles
  • Nick Lamb
  • Mike Dean
Aaliyah xronologiyasi
„Donʼt Think They Know“
(2013)
Poison
(2021)
„Gone“
(2025)
The Weeknd xronologiyasi
„Tears in the Club“
(2021)
Poison
(2021)
„Sacrifice“
(2022)
Vizual video
„Poison“ YouTubeda

„Poison“ – amerikalik qoʻshiqchi Aaliyahning qoʻshigʻi boʻlib, unda kanadalik qoʻshiqchi The Weeknd ishtirok etgan. U 2021-yil 17-dekabrda Blackground Records 2.0 orqali Aaliyahning (oʻlimidan keyin) chiqarilishi kutilayotgan albom – Unstoppablening birinchi singli sifatida chiqarilgan[1][2]. The Weeknd, Belly va Static Major muallif huquqiga ega. Prodyusserlikni DannyBoyStyles va Nick Lamb muhandis Mike Dean bilan amalga oshirgan.

2021-yil avgustida, Aaliyahning Blackground (hozirda Blackground Records 2.0 nomi ostida ishlaydi) uchun yozilgan ishlari Empire Distribution bilan kelishuv asosida jismoniy, raqamli tarzda va (ilk bor) striming xizmatlarida qayta chiqarilishi haqida xabar berilgan edi. Bu ish 2021-yil 20-avgustda One in a Million albomining qayta chiqarilishi bilan boshlandi[3][4][5][6][7]. 2021-yil 25-avgustda, Aaliyahning amaki­si va Blackground Records 2.0 rahbari Barry Hankerson, Big Tigger bilan WVEE uchun bergan intervyusida, Unstoppable albomi „bir necha hafta ichida“ chiqarilishini maʼlum qildi. Albomda Drake, Snoop Dogg, Ne-Yo, Chris Brown, Future kabi ijrochilar ishtirok etadi va Aaliyahning vafotidan oldingi reliz qilinmagan vokallaridan foydalaniladi. Hankerson, bu marhum yulduz uchun yangi musiqaning intihosi boʻlishini maʼlum qildi va shunday dedi: „Men bu juda ajoyib deb oʻylayman. Bu juda ham emotsional holat. U hozir yoʻq boʻlsa ham, uning kuylayotganini eshitish juda ogʻir, lekin biz bunga erishdik“[8][9].

„Poison“ qoʻshigʻida Aaliyahning vokallari 2001-yilda, qoʻshiqchining kutilmaganda roʻy bergan vafotidan bir necha oy oldin yozilgan. Hankerson shunday degan: „Koʻplab muxlislarga [Aaliyahning] musiqasini barhayot saqlab kelganlari uchun rahmat. Uzr, buning uchun koʻp vaqt ketdi, lekin oila aʼzosini shunday toʻsatdan yoʻqotganda, bunday holatga chidash uchun vaqt kerak. Aaliyahning musiqasini uning merosini saqlab qolish uchun chiqarishga qaror qildim“[10].

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Singl chiqishi bilan Aaliyahning vokallari sifati The Weeknd vokallari bilan solishtirganda past boʻlganligi sababli tanqidga uchradi. Aaliyah muxlislari qoʻshiqni „hurmatsizlik“ deb atashdi[11]. Uning chiqarilishidan bir kun oʻtmay, trek miksingi va masteringi bilan shugʻullangan Mike Dean barcha raqamli platformalarda yangilangan versiyani chiqardi[12]. BET uchun Michael Arceneaux yangi versiya „ular ishlatgan manbaning sifatsizligini yoʻqotish uchun yetarli emas edi“, deb yozgan[13]. Xuddi shu nashrda ishlovchi Moises Mendez II esa qoʻshiqdagi Aaliyah vokallarining miksingi uni „deyarli tanib boʻlmas darajaga keltirganini“ yozgan[14].

D-Money Soul Bounce uchun shunday yozgan: „Qoʻshiqda nimadir notoʻgʻri. Xususan, Aaliyahning vokallarining miksingi yomon va eski kompyuter orqali filtrlangan kabi eshitiladi“[15]. Jon Blistein Rolling Stone uchun yozganida, singl „yumshoq“ va „atmosferali“ deb atagan[16]. Michael Arceneaux BET uchun yozganida, qoʻshiqni „eʼtiborga loyiq emas“ va „Aaliyahning katalogiga hech qanaqasiga yaqin emas“ deb taʼriflagan. U shuningdek, „bu qoʻshiqni aralash fikrlar oldi, deb aytish boʻrttirish boʻladi, chunki asosan, muxlislar qoʻshiqning sifatsizligi uchun hayron qolishgan“ deb yozgan[13].

Chartlardagi koʻrsatkichlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Relizdan bir hafta oʻtgach, singl Yangi Zelandiyaning Hot Singles chartida 33-oʻrinda debyut qildi[17].

AQShda „Poison“ Billboard Adult R&B Airplay chartida 21-oʻringacha koʻtarildi va chartda oʻn ikki hafta davomida oʻz oʻrniga ega boʻldi[18]. Shuningdek, Billboard R&B Digital Song Sales chartida 14-oʻrinda[19] va Hot R&B Songs chartida 15-oʻrinda debyut qildi[20].

„Poison“ning chartlardagi oʻrni
Chart (2021-2022) Eng yuqori

oʻrin

AQSH bayrogʻi AQSh Adult R&B Songs (Billboard)[21] 21
AQSH bayrogʻi AQSh Hot R&B Songs (Billboard)[22] 15
Janubiy Afrika bayrogʻi Janubiy Afrika Respublikasi Radio (RISA)[23] 80
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya Hot Singles (RMNZ)[24] 33

Chiqarilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Poison“ning chiqarilish tarixi
Hudud Sana Format Leybl Man.
Har xil 2021-yil 17-dekabr
  • raqamli yuklab olish
  • striming
  • Blackground Records 2.0
  • Empire
[25]
  1. Mitchell, Gail (December 17, 2021). „Aaliyah 'Unstoppable': Blackground Founder Barry Hankerson Talks 'Poison' and More Unreleased Music“. Billboard.
  2. Helfand, Raphael „Aaliyah and the Weeknd's "Poison" is out tomorrow“. Fader (2021-yil 16-dekabr).
  3. „Aaliyah albums streaming: 'Her influence is absolutely everywhere'“. BBC (2021-yil 20-avgust).
  4. Minsker, Evan „Aaliyah's One in a Million Arrives to Streaming Amid Dispute Between Label and Estate“. Pitchfork (2021-yil 20-avgust).
  5. „Aaliyah's Estate Slams Her Uncle's 'Unauthorized' Announcement of Releasing Her Music To Streaming Platforms“. thatgrapejuice.net (2021-yil 4-avgust).
  6. DeVito, Lee „Aaliyah estate denounces upcoming 'unauthorized projects' as 'Blackground 2.0' emerges“. Metro Times (2021-yil 5-avgust). 2021-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Official Hip Hop and R&B Albums Chart Top 40, 27 August 2021 - 02 September 2021“. OfficialCharts.com (2021-yil 27-avgust).
  8. „Barry Hankerson answers every burning question on Aaliyah, the wait to get her music on streaming and more“. Radio.com (2021-yil 25-avgust).
  9. „EXCLUSIVE: New Aaliyah Music Is On The Way & Her Uncle Says R.Kelly Negatively Impacted Their Family“. Rickey Smiley Morning Show (2021-yil 26-avgust). 2024-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Skinner, Tom „Listen to Aaliyah and The Weeknd's collaborative new single, 'Poison'“. NME (2021-yil 17-dekabr).
  11. Winters, Emma „Aaliyah Fans Brutally Attack New Song 'Poison' Featuring The Weeknd -- 'This Is SO Disrespectful'“. Music News (2021-yil 18-dekabr).
  12. „Mixed and mastered this. New mix up now. Only on apple. Updates soon on other dsp. Apple is always fast at a swap out. Was provided with a better ACCAPELLA on baby girls part.“ (2021-yil 18-dekabr).
  13. 13,0 13,1 „Opinion: Aaliyah's Legacy Deserves More Than a Posthumous Album“ (en). BET.
  14. „Aaliyah's Posthumous Album is One of the Internet's Most Debated Topics“ (en). BET.
  15. „Aaliyah & The Weeknd Finally Cross Paths On 'Poison'“. Soul Bounce (2021-yil 17-dekabr).
  16. Blistein, Jon (December 17, 2021). „Aaliyah's First Posthumous Song in Nearly a Decade, 'Poison' Featuring the Weeknd, Has Arrived“. Rolling Stone.
  17. „NZ Hot Singles Chart“. Recorded Music NZ (2021-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  18. „Aaliyah - Adult R&B Airplay“. Billboard. Qaraldi: February 28, 2022.
  19. „Aaliyah - R&B Digital Song Sales“. Billboard. Qaraldi: January 2, 2022.
  20. „Aaliyah - Hot R&B Songs“. Billboard. Qaraldi: January 3, 2022.
  21. „Aaliyah - Adult R&B Airplay“. Billboard. Qaraldi: February 28, 2022.
  22. „Aaliyah - Hot R&B Songs“. Billboard. Qaraldi: January 3, 2022.
  23. „Local & International Radio Chart Top 100 Week 10 - 2022 - TOSAC“. The Official South African Charts. Recording Industry of South Africa. Qaraldi: 2022-yil 1-aprel.
  24. „NZ Hot Singles Chart“. Recorded Music NZ (2021-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2021-yil 25-dekabr.
  25. „Aaliyah - Poison (feat. The Weeknd)“. Apple Music (2021-yil 17-dekabr).