Kontent qismiga oʻtish

Scared to Live

Vikipediya, erkin ensiklopediya
„Scared to Live“
The Weeknd qoʻshigʻi
After Hours albomidan
Chiqarilgan sanasi 20-mart, 2020-yil(2020-03-20)
Studiya
  • Conway, MXM (Los-Anjeles, Kaliforniya)
  • Jungle City (Nyu-York, Nyu-York)
  • House Mouse Studios, MXM (Stokgolm, Shvetsiya)
Janr
  • sinti-pop
  • traditional pop
  • adult contemporary
Davomiyligi 3:11
Leybl
Qoʻshiq muallif(lar)i
Prodyuser(lar)
  • Max Martin
  • Oscar Holter
  • The Weeknd

„Scared to Live“ – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning, toʻrtinchi studiyaviy albomi – After Hours tarkibiga kiruvchi qoʻshigʻi[1]. Ushbu qoʻshiq birinchi marta 2020-yil 8-martda, amerikalik musiqachi Oneohtrix Point Never bilan birga, Saturday Night Live koʻrsatuvida ijro etilgan[2]. Saturday Night Livedagi ijro albomning deluxe nashri bilan birga 2020-yil 23-martda rasmiy ravish taqdim etilgan[3]. The Weeknd ushbu qoʻshiqni Max Martin va Oscar Holter bilan birgalikda yozib, prodyuserlik qilgan, shuningdek, qoʻshiq mualliflari sifatida Belly va Oneohtrix Point Never ham kiritilgan. Elton John va Bernard Taupin esa qoʻshiqda Elton Johnning 1970-yilda chiqarilgan „Your Song“ qoʻshigʻidan olingan interpolyatsiya sababli qoʻshimcha mualliflik huquqiga ega.

Tarixi va targʻib

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil fevral oyining boshlarida Saturday Night Live 2020-yil 7-mart kuni The Weeknd dasturga musiqiy mehmon sifatida qatnashishini tasdiqladi[4]. Shu epizod davomida The Weeknd, Kenan Thompson va Chris Redd bilan birga „On the Couch“ sketchida qatnashdi hamda After Hours albomidan ikki qoʻshiqni – „Blinding Lights“ singlini va hali taqdim etilmagan „Scared to Live“ni (Oneohtrix Point Never bilan birga) ijro etdi[5]. Qoʻshiqning studiya versiyasi esa 2020-yil 20-mart kuni albomning boshqa treklari bilan birga chiqarildi[6].

Elton John Yangi Zelandiya radiosi boshlovchisi Zane Lowe bilan suhbatda „Scared to Live“ qoʻshigʻida oʻzining „Your Song“ qoʻshigʻi interpolyatsiya qilinganidan mamnunligini bildirgan. Shuningdek, quyidagicha fikr bildirgan[7]:

Men hayratdaman, chin dildan xursandman. Mening yoshimdagilar uchun, uning albomida ishtirok etish katta sharaf. Men u qilayotgan ishlarni juda qadrlayman va uni juda yaxshi koʻraman. Bugun ertalab ham odatdagi narsalar — rep treklariga qulogʻim chalindi. Shunda oʻyladim: "Yaxshiyamki, Abel bor. U chinakam musiqa yaratmoqda. U haqiqiy musiqa bilan shugʻullanmoqda".

— Elton John

Matni va kompozitsiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Scared to Live“ sinti-pop janridagi ballada sifatida tavsiflangan boʻlib[8], Elton Johnning „Your Song“ qoʻshigʻidek anʼanaviy pop[9] va adult contemporary ohanglarga sodiqligini saqlab qoladi[10]. Qoʻshiq matni The Weekndning sobiq sevgilisi bilan munosabatlarining yakuniga oid kechinmalarni ifodalaydi – bu ajralishdan soʻng ular yana oʻz muhabbatlarini topishi mumkinmi degan savolni tugʻiladi. The Weeknd sobiq sevgilisiga oʻz yoʻlini topib, oʻtmishga qaramay yashashni maslahat beradi; u oʻz ayblari uchun uzr soʻraydi, biroq ular oʻrtasidagi tuygʻularni hanuz sogʻinayotganini ham yashirmaydi[11][12].

Tanqidiy qabul

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq tanqidchilardan tomonidan eʼtirofga sazovor boʻldi va albomdagi eng yorqin asarlardan biri sifatida baholandi. Balladaning minimalistik tuzilishi, samimiy matni hamda The Weekndning ovozi alohida maqtovga sazovor boʻldi[13]. Jurnalistlar qoʻshiq matnining toʻliqligi (oxiriga yetkazilgani)ni eʼtirof etishdi va uning ohangini Phil Collins ijro etgan balladalarni eslatuvchi qoʻshiq sifatida tilga olishdi[14][15]. Vibe jurnalidan Jack Riedy esa trekni quyidagicha tasvirlab oʻtadi: „Tinglovchi goʻyoki disko shari nurlari ostida bitiruv kechasining soʻnggi raqsida raqs tushayotgan yosh qalblarni koʻrayotgandek boʻladi. Tesfaye esa ulardan yana yashashdan qoʻrqmaslikni soʻraydi“[16].

Slant nashridan Seth Wilson qoʻshiq haqida shunday yozgan: "Bu qoʻshiq pop-ballada ulugʻvorligini – yurakni rom etuvchi, yodda qoladigan naqarot va oʻtmishdagi muhabbatga sokinlik bilan nazar tashlaydigan matnlarni namoyon etadi. Unda faqatgina vaqt oʻtishi bilan yetiladigan hayotiy donishmandlik bor. Qoʻshiq haddan tashqari hissiyotlarga berilib ketgandek tuyuladi, biroq u har xil syurprizlarga boy, xususan, koʻp tinglovchilar payqamay qoladigan Elton Johnning „Your Song“ qoʻshigʻiga qilingan murakkab, naqarotga singib ketgan ishora bor"[17]. The Ringerdan Micah Peters bu asarni: „His-tuygʻularga boy boʻlib, unda The Weeknd ilgari juda ham qaygʻuli boʻlgan his-tuygʻular oʻrnini egallagan quvonch va dardni koʻrsatadi“, – deya tavsiflagan[18]. NME jurnalisti Will Richard qoʻshiqni: „Nur sochayotgan, taʼsirli ballada“, – deb atagan[19]. Vulturedan Craig Jenkins esa shunday yozadi: „Trap barabanlari ustida jaranglaydigan sintezatorlar, zavqli burilishlar bilan boyitilgan. Qoʻshiqning matnining puxtaligi, ohang va gʻoyaning uygʻunligi seziladi“[20].

Tijoriy muvaffaqiyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albom chiqarilganidan soʻng, „Scared to Live“ 2020-yil 4-aprel sanasidagi Billboard Hot 100 chartida 24-oʻrinni egalladi. Bu oʻsha haftada After Hours albomidan eng yuqori natija koʻrsatgan beshinchi qoʻshiq boʻldi[21].

Jonli ijrodagi chiqishlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻshiq birinchi marta 2020-yil 7-martda SNL dasturida „Blinding Lights“ bilan birga jonli ijro etildi[22]. Bu chiqish Daniel Craig tomonidan tanishtirildi va The Weeknd bandajlangan holatda, qonga botgan burun bilan va After Hours erasining tashrif qogʻoziga aylangan qizil kostyumni kiygan holda kuyladi[23][24]. Uning yonida Oneohtrix Point Never sintezatorni chaldi[25].

Maʼlumotlar Genius saytidan olindi[26].

  • The Weeknd – qoʻshiq muallifi, vokal, ishlab chiqarish, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban
  • Max Martin – qoʻshiq muallifi, ishlab chiqarish, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban
  • Oscar Holter – qoʻshiq muallifi, ishlab chiqarish, klavishlar, dasturlash, bass, gitara, baraban
  • Belly – qoʻshiq muallifi
  • Oneohtrix Point Never – qoʻshiq muallifi, sintezator dasturlashi (SNL Live)
  • Elton John – qoʻshiq muallifi
  • Bernard Taupin – qoʻshiq muallifi
  • Dave Kutch – mastering
  • Kevin Peterson – mastering
  • Shin Kamiyama – muhandis
  • Sam Holland – muhandis
  • Michael Ilbert – muhandis
  • Serban Ghenea – miksing muhandisi
  • John Hanes – miksing muhandisi
Chart (2020) Eng yuqori
oʻrin
AQSH bayrogʻi AQSh (Billboard Hot 100)[27] 24
AQSH bayrogʻi AQSh (Hot R&B/Hip-Hop Songs)[28] 12
AQSH bayrogʻi AQSh Rolling Stone Top 100[29] 9
Birlashgan Qirollik Birlashgan Qirollik UK Streaming (OCC)[30] 40
Daniya bayrogʻi Daniya (Tracklisten)[31] 29
Estoniya bayrogʻi Estoniya (Eesti Tipp-40)[32] 29
Fransiya bayrogʻi Fransiya (SNEP)[33] 56
Yunoniston bayrogʻi Gretsiya (IFPI)[34] 44
Islandiya bayrogʻi Islandiya (Tónlistinn)[35] 26
Italiya bayrogʻi Italiya (FIMI)[36] 64
Kanada bayrogʻi Kanada (Canadian Hot 100)[37] 33
Litva bayrogʻi Litva (AGATA)[38] 32
Norvegiya bayrogʻi Norvegiya (VG-lista)[39] 33
Portugaliya bayrogʻi Portugaliya (AFP)[40] 37
Slovakiya bayrogʻi Slovakiya (Singles Digitál Top 100)[41] 23
Yangi Zelandiya bayrogʻi Yangi Zelandiya Hot Singles (RMNZ)[42] 3
Shvetsiya bayrogʻi Shvetsiya (Sverigetopplistan)[43] 34
Chexiya bayrogʻi Chexiya (Singles Digitál Top 100)[44] 47

Sertifikatsiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
„Scared to Live“ning sertifikatsiyasi
Hudud Sertifikatsiya Sertifikatlangan birliklar/sotuvlar
Avstraliya (ARIA) Oltin 35,000
Braziliya ((Pro-Música Brasil) Oltin 20,000

Chiqarilish tarixi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Hudud Sana Format Leybl(lar) Man.
Har xil 2020-yil 20-mart
  • raqamli yuklab olish
  • striming
[45]
  1. „The Weeknd Reveals 'After Hours' Tracklist“. Rap-Up.
  2. Young, Alex „The Weeknd debuts new song on SNL, appears in "On the Couch" sketch: Watch“. Consequence of Sound (2020-yil 8-mart).
  3. „The Weeknd Shares Deluxe Version of After Hours: Listen“. Pitchfork (2020-yil 23-mart).
  4. „The Weeknd & David Byrne to Perform on 'Saturday Night Live'. Billboard. February 6, 2020.
  5. „Watch The Weeknd Perform "Blinding Lights" and "Scared to Live" on 'SNL'“. Complex.
  6. „The Weeknd's 'After Hours' Track List: See Here“. Billboard. March 17, 2020.
  7. Aniftos, Rania (March 23, 2020). „Here's What Elton John Thought About The Weeknd's Use of 'Your Song' on 'Scared to Live'. Billboard (ingliz (Amerika)).
  8. „The Weeknd Performs New Ballad "Scared To Live" On SNL“ (en-US). Hidden Jams (2020-yil 8-mart).
  9. Wyman, Bill „Elton John Is Not the Man They Think He Is at Home“ (en-us). Vulture (2018-yil 18-oktyabr).
  10. After Hours - The Weeknd | Songs, Reviews, Credits | AllMusic (inglizcha)
  11. „The Weeknd Performs New Ballad "Scared To Live" On SNL“ (en-US). Hidden Jams (2020-yil 8-mart).
  12. „The Weeknd debuts 'Scared to Live' on 'Saturday Night Live' [Watch“] (en-US). Dancing Astronaut (2020-yil 10-mart).
  13. „Album review: The Weeknd authentically portrays heartache over past heartbreak in 'After Hours'“. Daily Bruin (2020-yil 20-mart).
  14. Phillips, Yoh „The Weeknd 'After Hours' Album Review“. DJBooth (2020-yil 20-mart).
  15. Cragg, Michael „The Weeknd: After Hours review – agile blend of usual sex and self-hate“. The Guardian (2020-yil 20-mart).
  16. Riedy, Jack „The Narcotic Odyssey Of The Weekend's 'After Hours'“. Vibe (2020-yil 24-mart).
  17. Wilson, Seth „MUSICReview: The Weeknd's After Hours Is a Triumphant Depiction of Heartbreak“. Slant Magazine (2020-yil 28-mart).
  18. Peters, Micah „Abel Tesfaye's 'After Hours' is his most accomplished and coherent project to date—and something to project your basest desires onto“. The Ringer (2020-yil 25-mart).
  19. Richard, Will „Watch The Weeknd debut new song 'Scared To Live' on SNL“. NME (2020-yil 31-may).
  20. Jenkins, Craig „The Best Albums of the Year (So Far)“. Vulture.com (2020-yil 31-may).
  21. Zellener, Xander (March 30, 2020). „Every Song From The Weeknd's 'After Hours' Is on the Hot 100“. Billboard. Qaraldi: March 30, 2020.
  22. „Watch The Weeknd Perform New Song "Scared to Live" on "Saturday Night Live"“. Spin (2020-yil 8-mart).
  23. Haylock, Zoe „The Weeknd and His Bloody-Nose Debut 'Scared to Live' on SNL“. Vulture (2020-yil 9-mart).
  24. „'Saturday Night Live' recap: Craig, Daniel Craig“. EW.com.
  25. „The Weeknd on 'SNL': Why 'Uncut Gems' Fans Were Stoked About His Performance“. Music.
  26. „Scared to Live“. Genius.
  27. "The Weeknd Chart History (Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  28. "The Weeknd Chart History (Hot R&B/Hip-Hop Songs)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  29. „Top 100 Songs“. Rolling Stone. October 22, 2021da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: April 13, 2020.
  30. "Official Audio Streaming Chart Top 100". Official Charts Company. Qaraldi: 2020-yil 27-mart.
  31. "The Weeknd – Scared to Live". Tracklisten. Qaraldi: 2020-yil 1-aprel.
  32. Nestor, Siim „Eesti Tipp-40 Muusikas: Selle nädala kangelased on The Weeknd ja AG“ (Estonian). Eesti Ekspress (2020-yil 31-mart). Qaraldi: 2020-yil 8-aprel.
  33. „Top Singles (Week 13, 2020)“ (French). Syndicat National de l'Édition Phonographique. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  34. „IFPI Charts Digital Singles Chart (International) Week 13 2020“. IFPI Greece. 2020-yil 9-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
  35. „Tónlistinn – Lög“ [The Music – Songs] (is). Plötutíðindi. 2020-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 6-iyul.
  36. "The Weeknd – Scared to Live". Top Digital Download. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  37. "The Weeknd Chart History (Canadian Hot 100)". Billboard. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  38. „2020 13-os savaitės klausomiausi (TOP 100)“ (Lithuanian). AGATA. Qaraldi: 2020-yil 29-mart.
  39. "The Weeknd – Scared to Live". VG-lista. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  40. "The Weeknd – Scared to Live". AFP Top 100 Singles. Qaraldi: 2020-yil 9-aprel.
  41. "ČNS IFPI" (slovakcha). Hitparáda – Singles Digital Top 100 Oficiálna. IFPI Czech Republic. Note: Select SINGLES DIGITAL - TOP 100 and insert 202013 into search. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  42. „NZ Hot Singles Chart“. Recorded Music NZ (2020-yil 30-mart). Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  43. "The Weeknd – Scared to Live". Singles Top 100. Qaraldi: 2020-yil 28-mart.
  44. "ČNS IFPI" (chexcha). Hitparáda – Digital Top 100 Oficiální. IFPI Czech Republic. Note: Change the chart to CZ – SINGLES DIGITAL – TOP 100 and insert 202013 into search. Qaraldi: 2020-yil 31-mart.
  45. „Listen to the Weeknd's New Album After Hours“. Pitchfork (2020-yil 20-mart).